Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Litvadagi Vilnius universiteti rektori O‘zMUga tashrif buyurdi

Litva Respublikasining Vilnius universiteti rektori Rimvidas Petrauskas boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.
O‘zMU rektori Inom Madjidov Vilnius universiteti bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlar nafaqat O‘zbekiston, balki jahon ilm-fani uchun ham xizmat qilishiga umid bildirdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama aloqalarini o‘rnatish va istiqboldagi yangi hamkorlik yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.
Vilnius universiteti rektori Rimvidas Petrauskas Litva ta’lim tizimi hamda universitet faoliyatiga to‘xtalib, ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, lazer fizikasi va biotexnologiyalar yo‘nalishlarini bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turli xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirish, hammualliflikda maqolalar chop etish, ilmiy laboratoriyalarda hamkorlikda izlanish olib borish va boshqa masalalar xususida kelishib olishdi.

O‘zMU Axborot xizmati