Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

MАHАLLАBАY ISHLАSH BOʼYICHА OʼZMU TАJRIBАSI SINOVDАN OʼTKАZILАDI

Oʼzbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi mahallalarida istiqomat qiluvchi 14-18 yoshli uyushmagan yoshlar oʼrtasida sportning mini futbol turi boʼyicha 2021 yilning 15 iyunь kuni soat 08:00 da universitet sport majmuasida «OʼzMU rektori kubogi» musobaqasiga start beriladi.

Dastlabki oʼyinni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi «Tepaguzar», «Beruniy» «Moyqoʼrgʼon», «Paxta» mahallalarining jamoalari boshlab berishadi.

Turnir doirasida koʼngilli muhlislar uchun esa sportning shaxmat, shashka, basketbol, voleybol, kurash turlari boʼyicha ham doʼstlik musobaqalari oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Barcha sport ishqibozi va shinavandalarini mazkur turnirga taklif etamiz.

OʼzMU Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi