Michigan davlat universiteti professori bilan uchrashuv

Bugun Michigan davlat universiteti professori Daniel Burk O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida suhbat olib borildi. Shu bilan birga Michigan davlat universiteti hamda ISCT (Xalqaro fan va texnologiya markazi) ning qo’shma loyihasi doirasida O‘zMUning Chotqoldagi dala o‘quv-mashg‘uloti hududida o‘quv seysmik stansiyasini joylashtirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida professor Daniel Burk IRIS seysmologiya tadqiqotlati instituti prezidentining O‘zMUni IRIS consortsiumga a’zo bo’lishi xususidagi taklif xatini topshirdi.
Ma’lumot uchun: IRIS konsortsium AQShning 150 dan ziyoda ilmiy tekshirish institutlarini birlashtirgan bo’lib, seysmologiya sohasidagi yirik birlashmalardan hisoblanadi.


Xalqaro aloqalar bo'limi