M.Qoziboev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda

Eslatib o‘tamiz, universitetimizda M.Qoziboev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda. Bugun hamkasblar yig‘ilish ishtirokchilariga universitetda mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlari, ilmiy salohiyat va moddiy-texnika imkoniyatlarini taqdim etdilar, shuningdek, xalqaro hamkorlikni joriy etish orqali o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini oshirish va kasbiy kompetensiyalarga erishish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bugun tashrif davomida ular qishloq xo‘jaligida raqamli xizmatlar, yaylov yerlarni qayta tiklash bo‘yicha resurslarni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish (hududning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda, serhosil yem-xashak ekinlarini tanlash), sifatli yem-xashak bazasini ta’minlash, tuproq unumdorligini oshirish (tuproqning oziqlanish rejimini va ekinlar hosildorligini yaxshilash uchun bioko‘mir organik o‘g‘itlarni qo‘llash samaradorligi), ularni bir navli va aralash ekinlarda yetishtirishning resurslarni tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun amaliy vositalarni ishlab chiqish va GIS texnologiyalari (mavzuli xaritalar, balandlik xaritalarini yaratish, yer yuzasini alohida detallarini va texnogen ob’ektlarini chizish) yordamida yer yuzasini o‘rganish, tematik qayta ishlashni amalga oshirish bilan ob-havoni modellashtirishning innovatsion tizimlarini joriy etish mavzularida ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tkazdilar.
Ma’ruzalar davomida uchuvchisiz uchish apparatlari laboratoriyalarining asosiy tadqiqot asboblari, ya’ni grunt tarkibi xususiyatlarini hisobga olgan holda yerning tabiiy magnit maydonidagi o‘zgarishlarning qayd etish hisobiga yer ostida 100 metr chuqurlikgacha yotgan ob’ektlarni yuqori darajada batafsil ko‘rsatish va xaritalarini chizish imkoniyatiga ega bo‘lgan geomagnit skaner, o‘simlik qoplamini ta’sirini hisobga olgan holda yer yuzi relefini o‘rganish va s’emka qilish imkonini beruvchi lazerli infraqizil lidar hamda yerni masofadan zondlash sohasida tadqiqotlar olib borish imkonini beruvchi besh kanalli multispektral kameralari parametrlari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.


Xalqaro aloqalar bo'limi