Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Magnit maydoni yordamida nodir yer elementlari bilan faollashtirilgan oksidli va ftoridli kristallarning optik xarakteristikalarini boshqarish.

Ilmiy rahbari: Valiev Uygun Vaxidovich

Bajarilish muddati: yanvar 2022-dekabr 2026

Loyiha shifri: FZ-202009143

Loyiha turi: Fundamental

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati:

Taqdim etilayotgan loyihaning fundamental maqsadi uch valentli nodir yer elementlari bilan boyitilgan granat va ftoridli paramagnit kristallarni ekperimental o‘lchash va nazariy tadqiq etish hisoblanib, vazifasiga bu strukturalardagi uchvalentli Tb3+ NE-ionining asosiy 4f(n)-konfiguratsiyali shtark sath osti sathlarida (jumladan, ularning simmetrik identifikatsiyasi va to‘lqin funksiyasini o‘z ichiga olgan) uyg‘ongan yuqori energiyali multpletlarini tadqiq qilish kiradi.

Loyihaning amaliy ahamiyati shundaki, granat va ftoridli kristallarda Tb3+ NE-ioni shtark sath osti sathlarini eksperimental o‘rganish, tashqi magnit maydoni ta’sirida holatlar “aralashishi” magnitli boshqariluvchi optik qurilmalarni yaratishda qo‘llash uchun mos optik-magnit va maginitooptik effektlarni paydo bo‘lishiga olib keladi.

Hisobot davrida qo‘lga kiritilgan muhim natijalar:

Ilmiy manbalardan yangi ma’lumotlar bo‘yicha muammoning tahlili qilindi. Uchvalentli terbiy ionlari bilan faollashtirilgan ftoridli monokristallar namunalarni optik va magnitoptik tadqiqotlar uchun tayyorlandi. Tadqiq etilayotgan namunalarni rentgenografik orientirlash va optik silliqlash amalga oshirildi. Terbiy ionlari kiritilgan ftoridli kristallarni Faradey effektini qo‘llagan holda magnitooptik spektrlari dastlabki o‘lchandi. Terbiy ionlari kiritilgan ftoridli kristallarni magnitli doiraviy dixroizm effektini qo‘llagan holda magnitooptik spektrlari dastlabki o‘lchandi. Ftoridli kristallarni magnitooptik spektrlari o‘lchandi.

Nashr etilgan maqolalar:

Xorijiy nashrlarda

1) Si S, Guo X, Gu S, Huang L, Ma C-G, Lei B, et al. Laser speckle reduction via TiO2-sapphire composite rotating wheel in laser projection. J Am Ceram Soc. 2022; 1–9. https://doi.org/10.1111/jace.18375

2) Zesong Wang, Zhaoyang He, Feifan Chen, Canxin Tian, Uygun V. Valiev, Changwei Zou, Dejun Fu. Effects of N2 partial pressure on microstructure and mechanical properties of cathodic arc deposited TiBN/TiAlSiN nano-multilayered coatings. Materials Today Communications 31 (2022) 103436. https://doi.org/10.1016/j.mtcomm.2022.103436

3) U.V. Valiev, M.Ye. Malуsheva, Sh.A. Raximov, O.Z. Sultonov. Osobennosti effekta Faradeya v redkozemelnom ortoalyuminate DyAlO3. Optika i spektroskopiya, 2022, tom 130, vуp. 6, s.937-942. https://doi.org/10.21883/OS.2022.06.52637.2892-21

Mahalliy nashrlarda

4) Akbar KODIROV, Mukhammadali NIYOZALIEV,Jamoliddin RAZZOKOV, G’ofur ESHONQULOV, Odilkhuja PARPEV. CO2 gazini 1-etil-3-metilimidazoliy tetraftorborat ion suyuqligida yutilish. O‘zMU xabarlari 3/1/1 2022, b.452-455.

5) Asror RAMAZONOV, Furqat TUROTOV, Shaxnoza TO`RAQULOVA. Ca va Si ionlari kiritilgan ittriy ferrit-granatning (Y3Fe5O12) magnitooptik xususiyatlari. O‘zMU xabarlari 3/1/1 2022, b.463-465.

Barcha asoslar ilova qilinadi