MAKTABLARDA MAHORAT DARSLARI OLIB BORILDI

Joriy yilning 19-20 may kunlari O’zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 185-, 233-, 278-, 29-, 298-maktablarga tashrif buyurishdi .
Tashrif doirasida maktabdagi kimyo fanini o’qitishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, maktab o’qituvchilari uchun kimyo fanini o’rgatish bo’yicha zamonaviy metod va ped-texnologiyalar bo’yicha motivatsion mahorat darslari olib borildi.
Tashrif so’nggida ushbu maktabning o’quvchilar va o’qituvchilari uchun muntazam ravishda master klass darslarini olib borishga kelishib olindi.


Maktab o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida O'zMU Kimyo fakulteti "QVZ" terma jamoasi o'z chiqishlari bilan maktab o'quvchilari ko'nglidan joy olishdi. Tadbir juda ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir davomida terma jamoa a'zolari, o'quvchilarni bilim salohiyatini oshirish maqsadida kimyo faniga oid qiziqarli savollar berib, tadbir ko'tarinki ruhda olqishlar bilan o'z chiqishlarini yakunlashdi.
O'quvchilar badiiy chiqishni juda katta zavq bilan tomosha qilib, yana biron kun maktabga kelib konsert berishlarini so'rab qoldilar.

O`zMU Axborot xizmati