Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Maktablarda mahorat darslari olib borildi

Joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 11-, 24-, 134- va 234-maktablarga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida maktablardagi Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun zamonaviy dasturlash tillari, sun’iy intellekt va uning qo‘llanilish sohalari bo‘yicha motivatsion mahorat darslari olib borildi.
Tashrif so’nggida ushbu maktablarning o’quvchilari va o’qituvchilari uchun muntazam ravishda master klass darslarini olib borishga kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati