Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Maktablarda master klass darslari

Joriy yilning 11-may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti katta o‘qituvchisi Alibek Normamatov va Prezident stipendiyasi sovrindori, tayanch doktorant Sanatbek Matlatipovlar Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani maktablariga tashrif buyurishdi. Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani 1-sonli Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Davlat umumta’lim maktabida tumandagi Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari jamlanishdi hamda fanni o‘qitishdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun Sun’iy intellekt va uning qo‘llanilish sohalari bo‘yicha master klass darslari olib borildi. Tashrif so’nggida maktab o’qituvchilari uchun muntazam master klass darslarini olib borishga kelishib olindi.

O`zMU Axborot xizmati