Mamlakatimizda davlat tili boʻyicha olib borilayotgan islohotlar xususida davra suhbati o‘tkazildi

O'zbekiston Milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda davlat tili boʻyicha olib borilayotgan islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonov vazirlik tizimidagi muassasalarda davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi va galdagi vazifalar haqida batafsil to‘xtaldi.
O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani v.b., filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosining joriy etilishi, uning tarixi va bugungi holati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Ra'no Sayfullayeva alifbo, yozuv va imloning bugungi kundagi mavjud muammolari va ularning yechimlari haqida, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri v.b., filologiya fanlari doktori Nilufar Abduraxmonova davlat tilini raqamli resurslarini yaratishning zamonaviy usullari haqida ma’ruza qildi.






O‘zMU Axborot xizmati