Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi

Kafedra mudiri - fan nomzodi, PhD Rahmonqulova Zumrad Boyxo‘rozovna

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998

e-mail: rahmonqulova@nuu.uz


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Maxsus tarix fanlari Ushbu fan uch semestr davom etib, birinchi semestrda Tarix fani tushunchasi, O‘zMU Tarix fakultetining tarixi, referat, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi yozish uslublari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi. Ikkinchi semestrda xronologiya va metrologiya maxsus tarix fanlaridan tushunchalar berilib, kalendarlar, metrik o‘lchovlar tarixi, yil hisoblaridan foydalanish bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Uchinchi semestrda sfragistika, genealogiya, geraldika, diplomatika va boshqa maxsus tarixi fanlari, ularning tadqiqot obe’kti va usullariga oid ma’lumotlar bilan tanishadi.
2 Tarixiy geografiya Fanni o‘qitish jarayonida O‘rta Osiyoning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy geografiyasi va kartografiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
3 Sharq tillari Ushbu kurs davomida arab va fors tili alifbosi harflarini o‘rgatish va ushbu tillarga oid lug‘at boyligini oshirish, (arab va fors tillaridan) matnlarni o‘qishni o‘rgatishdan iborat.  
4 Muzeyshunoslik va arxivshunoslik Ushbu fan davomida manbashunoslik va tarixshunoslikning
predmeti va ob’ekti, vazifalari, manbalar va ularning turlari, tarixshunoslik
sohasidagi tadqiqotlarning turlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariy muammolari, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi tarixiy tadqiqot usullari haqida bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
5 Mutaxassislikka kirish Tarix-arxivshunoslik tushunchasi, O‘zMU Tarix fakultetining tarixi, referat, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi yozish uslublari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
6 O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi Ushbu fanning maqsad va vazifalari O‘zbekiston hududida ilk davlat muassasalarining shakllanishi, o‘zbek davlatchiligi va boshqaruvi tarixi va davlat boshqaruv idoralari faoliyatini o‘rgatishdan iborat.  
7 Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti Ushbu fanning maqsadi O‘zbekiston Milliy arxiv Fondi, arxivlarda davlat hisobi, ilmiy ma’lumotnoma apparatini shakllantirish hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasini tashkil qilish, arxivlarda ish yuritish tartiblarini o‘rgatishdan iborat.
8 Jahon arxivlari tarixi Fan asosiy maqsadi talabalarga arxivlarning umumiy tarixi va hozirgi zamon
jahon yetakchi arxivlari fani orqali qadimgi arxivlarninng tarixiy ahamiyati, ular
tarkibidagi hujjatlarning ahamiyati, ularning tarixiy ahamiyatini o‘rgatishdan iborat.  
9 Raqamli manbalar va elektron arxiv asoslari Ushbu kurs raqamli manbalarning turlari va elektron arxivlarning qonunchiligi tahlili, elektron ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi haqidagi nazariy va amaliy jihatdan qo‘llay olish, davlat arxivlari raqamli manbalarning tashkil etilishi, elektron hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasini tashkil qilish, raqamli hujjatlarni turkumlash, jahon arxivlarida elektron arxivlarini tashkil etilish tajribasini o‘rgatadi.
10 Xronologiya va metrologiya  Xronologiya va metrologiya fanining fan
sifatida paydo bo‘lishi, qadimda foydalanilgan vaqt va o‘lchov birliklarini o‘rgatish, turli xalqlarda qo‘llanilgan vaqt o‘lchov birliklarini qiyoslash, kalendarlar va ularning turlarini o‘rgatishdan iborat
11 Muzeyshunoslik va kutubxonashunoslik O‘zbekistonning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan kutubxona ishi va muzeylar tarixi, tarixiy davrlarda va hozirgi davrdagi zamonaviy muzeyshunoslik, kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslariga oid nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
12 Manbashunoslik Fan davomida talabalarga qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan O‘zbekiston tarixi haqida ma’lumot beruvchi tarixiy manbalar haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
13 Arxiv sohasida innovatsiyalar Fanning asosiy maqsadi arxiv sohasidagi jarayonlarni anglashda axborot texnologiyalarining o‘rnini tahlil etish, fanning asosiy yo‘nalishlariga
oid innovatsion yondoshuvlarni tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish,
davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda
fanning o‘rnini tushuntirish, talabalarga tarix faniga oid elektron
manbalardan, internet imkoniyatlaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlarda
axborot texnologiyalarini qo‘llashni, modellar va metodlarni o‘rgatishdan iborat.
Magistratura bosqichida o‘tiladigan fanlar
1 Tarixiy tadqiqot metodlari Fanning asosiy maqsadi tarixchi tadqiqotchilar ilmiy faoliyat olib borish jarayonida tadqiqot metodlaridan foydalanish usullarini, tadqiqiqot metodlarining mohiyatini o‘rgatishdan iborat.
2 Yangi va eng yangi davr tarixi manbalari va tarixshunosligi Ushbu fan mustaqillik davri tarixining manbalari va tarixshunoslik tadqiqotlarini o‘rganishni nazarda tutadi.  
3 Paleografiya va matnshunoslik Mazkur fan davomida jahonning qadimiy va o‘rta asrlarda keng tarqalgan yozuv turlari, ularning tarixi hamda zamonaviy ko‘rinishlari o‘rganiladi
4 O‘rta Osiyo xonliklarida tarixnavislik maktablari Mazkur fan xonliklar davridagi tarix fanining rivoji, tarixnavislik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda tarixiy asarlarni o‘rganadi

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Rahmanqulova Zumrad Boyxo‘rozovna kaf. mudiri     O‘rta Osiyo  xonliklarining Usmoniylar  davlati  bilan o‘zaro  aloqalari XX-XXI asr boshlari tarixshunosligida
2 Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich professor Evropada O‘rta Osiyoga  oid tarixiy –kartografik  ma’lumotlar(XVI-XIXasrlar)
3 Burieva Xayriya Amanullaevna. dotsent Toshkent shahrining 1917-2007 yillardagi toponimiyasi va uning tarixiy aspektlari
4 Xamidova Muhabbat Samandarovna dotsent O‘zbekistonning Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixi
5 Choriev Sherzodjon Shokirjonovich dotsent  O‘zbekiston Milliy  arxiv  hujjatlarida  O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy  tarixi (1924-1941 yillar)
6 Zohidova Sahovat Abdukodirovna Dotsent v.b. Xojagon  iyya-naqshbandiyya “Himoyat tizimi” va uning temuriylar (XV –XVI asrlar) ijtimoiy  siyosatida  tutgan muhim o‘rni  va ahamiyati
7 Saidboboeva Gulzora Ne’matjonovna  Dotsent v.b. Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish tarixi (XIX asr oxiri XX asrning birinchi choragi)
8 Shaydullaeva Guljahon Shopo‘latovna PhD o‘qituvchi Oks  va Xarappa sivilizatsiyalarining madaniy aloqalari
9 Nazarov Aziz  Yoqubjonovich Katta o‘qituvchi O‘zbekiston Milliy arxividagi ilmiy jamiyatlar fondlari hujjatlari
10 Yusupova Dildora Jo‘raqulovna o‘qituvchi Toshkent shahar tarixi  tarixshunosligi (XIX asr oxiri –XX asr boshlari)
11 Duschanov Rasuljon Raximbaevich o‘qituvchi  O‘zbekistonda Sovet davlatining soliq siyosati tarixi (1946-1990 yy.)
12 Botirov Elbek Alisherovich o‘qituvchi Turkiston ASSR bojxona  ishi tarixi
13 Xamroev Sunnat Allaberdievich o‘qituvchi Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi  diplomatik munosabatlar tarixshunosligi
14 Salomova Lutfiya Iskandarovna o‘qituvchi O‘zMA hujjatlari  Turkiston ASSR sog‘liqni  saqlash masalalariga  oid manba

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

    Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi  bir qator mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan xamkorlik qilib kelmoqda. Mahalliy hamkorlar Uzarxiv agentligi, O‘zRFA tarix instituti, O‘zRFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutidir. Hamkor tashkilotlar bilan o‘quv rejalar, dasturlarni muhokama qilish  va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilish borasi bir qator ishlar olib borilmoqda. Shuningdek,  ular bilan birgalikda bir qator konferensiyalar   o‘tkazildi.

Xorijiy xamkorlar bilan ham bir qator ishlar olib borilmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida Istanbul universiteti professor o‘qituvchilari: Tuba Tombulo‘g‘li – Turkiyaning (Worid Rankings (CWUR) 1160, Research Performance Rank 1110  o‘rinda) Mersin universiteti professori, Demir Alparslan – Turkiyaning (Times Higer Education ranking 1126 o‘rinda) Tokat universiteti professori, Jeyxan Guler – Turkiyaning Istanbul universiteti (xalqaro reytingda (Times Higer Education ranking da 801 o‘rinda,  QS 801 o‘rinda ) professori,  Yunus Kuch – Turkiyaning (Times Higer Education ranking 750 o‘rinda) Xujatepa universiteti professor talabalrga ma’ruzalar o‘qimoqdalar.

Shuningdek, kafedraningbir qator o‘qituvchilari top 1000 universitetlari talabalriga ma’ruza o‘qishi rejalashtirilmoqda.

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifi Elektron pochta
1 Rahmanqulova Zumrad Boyxo‘rozovna zumradrahmankulova @gmail.com    
2 Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich saidboboyev@rambler.ru  
3 Burieva Xayriya Amanullaevna. burieva73@mail.ru
4 Xamidova Muhabbat Samandarovna hamidova.2002@ mail.ru
5 Choriev Sherzodjon Shokirjonovich sherzodch@rambler.ru  
6 Zaxidova Saxovat Abdukodirovna sakhovat_2009@ mail.ru
7 Saidboboeva Gulzora Ne’matjonovna  Gulzora @ rambler.ru
8 Shaydullaeva Guljahon Shopo‘latovna shaydullayeva87@list.ru  
9 Nazarov Aziz  Yoqubjonovich Azizbek_888@mail.ru
10 Yusupova Dildora Jo‘raqulovna yusupovadildora0603@gmail.com
11 Duschanov Rasuljon Raximbaevich duschnov85rr@mail.ru
12 Botirov Elbek Alisherovich elbekalisherovich91@gmail.com  
13 Xamroev Sunnat Allaberdievich hamroyev.s@mail.ru
14 Salomova Lutfiya Iskandarovna salomovalutfiya95@gmail.com

To‘garaklar

       Manbashunoslik va arxivshunoslik  kafedrasining sharq tillari  o‘qituvchilari tomonidan fakultetning bakalavr va magistiratura yo‘nalishlari talabalarining bo‘sht vqtlarini unumli o‘tkazish va fors tilini mukammal o‘rganishda ko‘maklashish maqsadida “Sharq tillari” to‘garagi yo‘lga qo‘yildi.