«Matematika, mexanika va intellektual texnologiyalar, Toshkent -2022» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

Joriy yilning 21-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetida "Matematika, mexanika va intellektual texnologiyalar, Toshkent -2022" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi yoshlar o'z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad bugungi kunda matematika sohasida erishilayotgan yutuqlar va mazkur sohani rivojlantirishda to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklarni muhokama qilish, shuningdek, malakali ustozlar va talabalarning o‘zaro fikr almashishini ta’minlashdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2022-yil “Fan sohalari reytingi” (QS Subject Rankings)da O‘zbekiston Milliy universiteti “Matematika” sohasida erishgan natijalariga ko‘ra, dunyoning kuchli top 500 talik (451-500) oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
O'zMU Axborot xizmati