Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

MAXSUS MAKTABDA PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 18-may kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti bilan Olmazor tumanidagi 102-sonli maxsus maktab o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maxsus maktabdagi uchrashuvga fakultet dekani K.Inakov, Psixologiya kafedrasi mudiri professor D.Muxamedova, kafedra dotsenti N.Mullaboyeva va magistrlar S.Ergasheva hamda D.Jo‘rayevalar tashrif qildi.
Tashrif chog‘ida 102-sonli maxsus maktabning direktori o‘rinbosari va psixologi bilan birgalikda maktab o‘quvchilarida harakatga yo'naltirilgan, nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Trening mashg‘ulotlari aynan zaif eshituvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning bilish jarayonlarini shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘tkazilgan trening mashg‘ulotlarini iliq qabul qilib, manzur bo‘lishganini aytishdi. Ijtimoiy fanlar fakulteti va 102-sonli maxsus maktab o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati