Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

MDU professor-o'qituvchi, aspirant va talabalari O'zMUda o'quv-dala amaliyotini o`tamoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma va kelishuvga asosan joriy yil 25-yanvardan 6-fevralga qadar Moskva Davlat universitetining 2 nafar professor-o‘qituvchilari, 7 nafar doktoranti, magistr talabalari tomonidan O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy tadqiqot, o‘quv-dala amaliyoti va seminar-treninglar o’tkazilmoqda. Dastlabki kundan boshlab Toshkent shahri va atrofi landshaftlarining iqlim o‘zgarishlari va muhandislik inshootlari ta’sirida o’zgarishi, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanishdagi mavjud va kutiladigan xatarlar o’rganildi. Mazkur hamkorlikda O‘zbekiston Milliy universitetida ikki oliy ta’lim muassasalari olimlari, soha mutaxassislari, doktorantlari, magistrantlari uchun ilmiy-tadqiqot, oʼquv-dala amaliyoti masalalariga bagʼishlangan davra suhbati va maxsus seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda ishtirokchilar amaliyot yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi. Keyingi ikki hafta mobaynida Moskva davlat universiteti talabalari O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan hamkorlikda Boʼstonliq tumanida ilmiy tadqiqotlarni olib borishadi.