Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Media tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi faoliyatiga oid 3 ta kitob taqdimoti oʻtkazildi

O’zbekiston Miliy matbuot makazida O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi faoliyatiga oid uchta kitob taqdimoti bo’lib o‘tdi. Unda O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari, faxriy jurnalistlar, shuningdek, mazkur sohada tadqiqot olib borayotgan professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Taqdimotda kirish soʻzni OʻzMU Jurnalistika fakulteti dekani Mahliyo Mirsoatova ochib berar ekan, u oʻz nutqida quyidagilarni ta’kidlab oʻtdi: 

- Inson hayoti davomida  ikki davrni bosib o‘tar ekan. Biri olish, o‘rganish, o‘qish, topish davri , umrning ikkinchi davrida esa ayniqsa, ilm kishilarida orttirgan tajribasi, bilimini jamiyatga, yosh avlodga berish davri bo‘larkan. Bugun mamnuniyat bilan men kitob mualliflarini eʼtirof etmoqchiman.

Ilm bu fikr, dalil isbot va amaliyotga tadbiq va shu dinamikaning aylanma harakati. Ilmda yo'nalishlar, fanlar asosida o‘quv adabiyotlari turadi. Bu kitoblarning nashr qilinishi jurnalist kadrlar tayyorlashga o‘zining munosib ulushini qo‘shadi.

O‘zMU Jurnalistika fakulteti O‘zMTRKning kadrlar beruvchi bazasi hisoblanadi. O‘z navbatida O‘zMTRK OʻzMU Jurnalistika fakultetining amaliyot bazasi. Bu o‘quv qo‘lllanmalar ham hamkorlikning bir namunasidir.

Shuningdek, taqdimotda soʻz olganlar mazkur kitoblarning ahamiyati juda yuqori ekanini e’tirof etishdi. Taqdimot davomida bugungi kunda koʻpgina oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tadqiqot markazlari, nodavlat tele va radiokanallar xodimlari, ilmiy muassasalarining koʻplab mustaqil izlanuvchilari OʻzMTRK bilan doimiy ilmiy hamkorlik qilish istagani bildirayotgani, keyingi yillarda nafaqat kompaniya xodimlari, balki turli ilmiy muassasa tadqiqotchi-olimlari tomonidan koʻplab ilmiy-monografik asarlar nashr etilayotganligi alohida qayd etib oʻtildi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun taqdimoti bo‘lib o‘tgan 3 ta kitob O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

Ma’lumot oʻrnida, “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: zamon bilan hamqadam” nomli kitob-albomi O‘zMTRKning tarixi va bugungi kundagi faoliyatiga bagʻishlangan boʻlib, asosan, tarixiy fotosuratlar, aniq fakt va raqamlar yordamida tizimdagi teleradiokanallar va korxonalarning rivojlanish bosqichlari, mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan yutuqlar, foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar aks etgan.

"Televideniye mening taqdirimda" nomli ilmiy-ommobop to‘plamda o‘zbek teleradiojurnalistikasi tarixi va buguniga oid turkum maqolalar, shuningdyek, esse, ocherk va badialar jamlangan.

"Radio va televideniye" nomli kitobda teleradio jurnalistikasining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, janr xususiyatlari hamda o‘z davrida mazkur sohaga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan jurnalist, rejissor, diktor-boshlovchilar hayoti va ijodi, shuningdek, bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat teleradiokanallar haqida so‘z boradi. 

OʻzMU Axborot xizmati