«Men ham ishga kiraman» aksiyasi doirasida huquqiy targ’ibot tadbiri oʻtkazildi

Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig'ining 2022-yil 21-maydagi 183-um-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Yo'l xaritaning 22-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-iyun kuni Olmazor tuman Adliya bo'limi tomonidan "Men ham ishga kiraman" aksiyasi doirasida universitet Karyera markazi hamkorligida bitiruvchi talabalar ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.


Ushbu aksiyada Toshkent Shahar Adliya boshqarmasi, Olmazor tuman Adliya boshqarmasi, Olmazor tumani Aholi bandligiga ko’maklashish markazi mutaxassislari ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan mehnat shartnomasi, ish beruvchining asosiy huquqlari, homilador ayollarni va bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar, xodimning huquqlari, ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar va ishga kirishdagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar haqida suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida tegishli mutaxassislar talabalarning savollariga javob berishdi va kerakli ko’nikmalar o’rgatildi.


Shuningdek, tadbir yakunida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yo’llanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ham tushuntirish berildi.
O’zMU Axborot xizmati