Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Milliy merosga mening hissam” ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 16-18-aprel kunlari O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi va O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida 18 aprel – “Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar kuni” doirasida “Milliy merosga mening hissam” ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi tashkil etildi. 

Shuningdek, ekspeditsiya davomida Termiz davlat universitetida “Globallashuv sharoitida ilmiy va madaniy merosni saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad – yurtimizning boy tarixini o‘zida mujassam etgan Surxon vohasining tarixiy maskanlari, ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va madaniy meros bilan yaqindan tanishish, yosh avlodga tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va hurmat qilish madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish, ularni madaniyatshunos, san’atshunos va arxeolog olimlarimiz ilmiy ishlaridan bohabar qilish,vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Tadbirda universitet nomidan Tarix fakulteti “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari t.f.n, dotsentlar A.Insopov, O.Almardonov, Phd Y.Muhamedov, o‘qituvchi D.Rahmonberdiyev hamda Tarix fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Poytaxtdan tashrif buyurgan talabalar Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, Arxeologiya muzeyi , Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzintepa kabi tarixiy qadamjolari bilan tanishdilar.

O'zMU Axborot xizmati