«Milliy» jamoasi Olmazor tumani hokimi kubogi sohibi

"Yoshlar oyligi" doirasida Olmazor tumani "Yoshlik" Talabalar shaharchasi hokimligi tomonidan talaba-yoshlar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha "Olmazor tumani hokimi kubogi" musobaqasi oʻtkazildi. Unda shaharchada joylashgan 5 ta oliy taʼlim muassasalari, jumladan: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent moliya instituti talaba-yoshlari qatnashdi.
Final musobaqasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining "Milliy" jamoasi va Toshkent davlat yuridik universitetining "Yuristlar" jamoasi bellashdilar. Qiziqarli va go'llarga boy bo'lgan ushbu final uchrashuvida Oʻzbekiston milliy universitetining "Milliy" jamoasi 5:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Gʻolib jamoalar hokimlikning diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
O’zMU Axborot xizmati