MINI FUTBOL BO‘YICHA O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING I CHEMPIONATI YAKUNLANDI !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2022-yil 24-yanvardagi 01-23 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi va Sport klubi hamkorligida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha universitet chempionati bo‘lib o‘tdi.



Joriy yilning 28-yanvaridan 18-iyuniga qadar davom etgan musobaqada 16 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Musobaqalar natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblik shohsuppasini egallashdi:
I o‘rin: Tarix fakulteti – kubok, I darajali diplom, medal va jamoaning har bir ishtirokchisiga bittadan, jami 25,9 mln. so‘mlik 12 dona televizor bilan taqdirlandi.
II o‘rin: Taekvondo va sport faoliyati fakulteti – II darajali diplom, medal va jamoaning har bir ishtirokchisi bittadan, jami 12,6 mln. so‘mlik 12 dona mini pechlar bilan taqdirlandi.
III o‘rin: Matematika fakulteti – III darajali diplom, medal va jamoaning har bir ishtirokchisi bittadan, jami 11,1 mln. so‘mlik 12 dona mikroto‘lqinli pechlar bilan taqdirlandi.




Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etganligi uchun bir qator professor-o‘qituvchilar va xodimlar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom, statuetka va qimmatbaho sovg‘alar – quyidagi har bir nominatsiya g‘olibiga bittadan, jami 4,6 mln. so‘mlik 5 dona changyutgichlar bilan taqdirlandi:
“Jamoani qo‘llab-quvvatlagan eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushma raisi” nominatsiyasi g'olibi:
Yusubov Jaloliddin – Ijtimoiy fanlar fakulteti dotsenti.
“Jamoani qo‘llab-quvvatlagan eng yaxshi rahbar” nominatsiyasi g'olibi:
Jo‘rayev Ravshan – Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
“Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi g'olibi:
Bahromov Rustam – Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
“Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyasi g'olibi:
Homidov Muxriddin – Matematika fakulteti o‘qituvchisi.
“Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi g'olibi:
Rasulov Abdumo‘min – Ijtimoiy fanlar fakulteti professori.



O‘zMU rahbariyati musobaqa bosh tashkilotchisi va tashabbuskori bo‘lmish universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilariga, musobaqada faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga, fakultetlar jamoalarini qo‘llab-quvvatlagan fakultetlar dekanatlariga minnatdorchilik bildirib, g‘olib va savrindorlarni yana bir bor qutlaydi.
O'zMU Axborot xizmati