Mini-futbol va voleybol sport turlari boʼyicha spartakiadalar yakunlandi

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida OʼzMU Kasaba uyushma qoʼmitasining 2021 yil 19 apreldagi 2/4-sonli qarori asosida hamda universitet sport klubi hamkorligida joriy yilning 19 aprelidan 18 mayiga qadar universitet professor-oʼqituvchilari vaishchi-xodimlari oʼrtasida 9 may - Xotirava qadrlash kuniga bagʼishlab mini-futbol va voleybol sport turlari (erkaklar oʼrtasida) boʼyicha spartakiadalar oʼtkazildi.

Joriy yilning 26 aprel kuni volleybol sport turi boʼyicha majmua chempionligi uchun oʼzaro bahs olib borildi. Natijalarga koʼra, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulьteti faxrli 1 oʼrinni, Matematika fakulьteti 2 oʼrinni,

Ijtimoiy fanlar fakulьteti esa 3 oʼrinni qoʼlga kiritdilar.

Shuningdek, 18 may kuni qizgʼin bahslarga boy boʼlgan mini-futbol turnirining final qismida 1 oʼrin uchun Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьteti va Geografiya va tabiiy resurslar fakulьteti jamoalari, 3 oʼrin uchunIjtimoiy fanlar fakulьteti va Matematika fakulьteti jamoalari bir-birlari bilan oʼzaro bellashdilar.

Yuqori texnika, taktikaviy va jamoaviy oʼyin namoyish etgan Geografiya va tabiiy resurslar jamoasi faxrli 1 oʼrinni, yaʼni majmua chempionligini qoʼlga kiritdi.

1 oʼrin: Geografiya va tabiiy resurslar jamoasi

2oʼrin: Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьteti jamoasi

3 oʼrin: Matematika fakulьteti jamoasi

Musobaqa soʼnggida gʼolib jamoalar musobaqa nizomiga koʼra, musobaqa tashkilotchilari tomonidan koʼchma kubok, diplom va ragʼbatlantiruvchi mukofotlar – 1 oʼrinni egallagan jamoaning har bir aʼzosi 600 000 soʼmdan, 2 oʼrinni egallagan jamoaning har biri 400 000 soʼmdan va 3oʼrinni egallagan jamoaning har biri 200 000 soʼm pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Gʼolib boʼlgan barcha professor-oʼqituvchilar va ishchi-xodimlarni gʼalaba bilan tabriylaymiz.

OʼzMU Аxborot xizmati