MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNVERSITETIDA ILMIY ISHLAB CHIQARISH HAMDA ILMIY ISHLANMALAR KOʻRGAZMASI BOʻLIB OʻTDI

Kuni kecha Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversitetda ilmiy ishlab chiqarish hamda ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrgazma unversitetning Kimyo, Matematika hamda Tarix fakultetlari binosida tashkil etildi. Dastlab Kimyo fakultetida tashkil etilgan koʻrgazmada universitet rektori Inom Madjidov Kimyo, Biologiya va Ekologiya fakultetlarining 100 dan ziyod ilmiy ishlanmalarni birma-bir koʻzdan kechirdi.
- Ushbu ko’rgazmani tashkil etishdan maqsad ilmiy tadqiqotlar orasidan tayyor ishlanmalarni ajratib olish, ularni tijoratlashtirish va talabalarni ilm-fanga qiziqtirishdan iborat" deydi Kimyo fakulteti dekani Shaxnoza Kadirova.
Xususan, Matematika fakultetida tashkil qilingan koʻrgazmada Fizika, Matematika, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar, Geografiya, Gidrometreologiya, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrantlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 150 dan ziyod ilmiy ishlanmalar, innovatsion ixtirolar universitet rektori tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganib chiqildi. Shu jumladan, Tarix fakultetida namoyish etilgan koʻrgazmada Ijtimoiy fanlar, Taekvondo va sport faoliyati, Tarix, Jurnalistika, Xorijiy filologiya va Iqtisodiyot fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrantlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 140 dan ziyod ilmiy ishlab chiqarish mahsulotlari namoyish etildi.




️ Mazkur koʻrgazmada Jurnalistika fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Nilufar Abdurahmonova oʻzining "Oʻzbek tili elektron korpusi" dasturi bilan ishtirok etdi.
"- Bugungi kunda oʻzbek tilshunosligida korpus lingvistikasi muammoli masalalardandir. Biz yaratgan "Oʻzbek tili elektron korpusi" dasturi endilikda ilmiy tadqiqotchilar uchun shuningdek, bolalar auditoriyasi uchun ham qulay ensiklopedik lugʻat vazifasini oʻtaydi.
Shu jumladan, ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasini tashkil etilishi biz olib borayotgan tadqiqotimizni ommalashuviga muhim bosqichni oʻtamoqda"-deya ta’kidladi olima.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Nilufar Abdurahmonova bugungi kunga qadar mazkur ilmiy izlanishi uchun 20 dan ortiq patentga ega boʻlgan. Koʻrgazma yakunida universitet rektori Inom Majidov tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirib, iqtidorli talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi.



O’zMU Axborot xizmati