Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mirzo Ulugʼbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Belorussiya davlat universitetining А.D.Saxarov nomidagi Xalqaro Davlat Ekologiya instituti va Polshaning Slupske shahridagi Pomorskiy Аkademiyasi, Lyublina shahridagi Vinantego Polo nomidagi «Oliy maktabi» bilan hamkorlikda qoʻshma ta'lim dastur asosida ochilgan talim yo‘nalishlariga 15-iyuldan qabul e’lon qilindi!

Ta'lim yo'nalishlari

1.    Tibbiy biologiya (O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqaro Davlat Ekologiya instituti, Polshaning Slupske shahridagi Pomorskiy Аkademiyasi)

2.    Kosmetologiya (O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqaro Davlat Ekologiya instituti, Lyublina shahridagi Vinantego Polo nomidagi «Oliy maktabi»)

O‘qish muddati 4 yil. Ta’lim tili: rus va ingliz tili. O‘qish davomida 1-2-semestr O‘zbekiston Milliy universitetida, 3-5-7-semestr Belorussiya davlat universitetida, 4-6-8-semestr Polshaning Pomorskiy Аkademiyasi va Vinantego Polo nomidagi «Oliy maktabi» larida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

3.    Tibbiy biologik ish (O‘zbekiston Milliy universiteti, Belorussiya davlat universitetining Xalqaro Davlat Ekologiya instituti)

4.    Tibbiyot ekologiyasi (O‘zbekiston Milliy universiteti, Belorussiya davlat universitetining Xalqaro Davlat Ekologiya instituti)

O‘qish muddati: 4 yil, Ta’lim tili: rus tili. O‘qish davomida 1-2-kurs O‘zbekiston Milliy universitetida, 3-kurs masofaviy (onlayn) 4-kurs Belorussiya davlat universitetida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

Dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun professor-oʻqituvchilari har ikkala universitetdan, hamda nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlaridan jalb etiladi. Sifatli ta’lim berish uchun darslar eng soʻnggi texnologiyalar orqali olib boriladi!

 Talab etiladigan hujjatlar:

Shahodatnoma yoki diplom (rangli variant)

Pasportingiz nusxasi (rangli variant)

Rasm 3,5x4,5 (jpeg)

Hujjat topshirish uchun ushbu havola bosing.

https://docs.google.com/forms/d/1mO9xL5CgGsexklxhZ_OR10eAWQEnvxlhgJugqxLJb5U/edit

Murojaat uchun tel: +998712271544  Telegram orqali: @/bgu_bio2022