Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari “Adiblar xiyoboni”da

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, iste’dodli ijodkor, so‘z ustasi va mahorat egasi, jamoat arbobi Erkin Vohidov, badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir, zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mobolag‘a bo‘lmaydi.

Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat,ona diyorning porloq kelajagiga ishonch ErkinVohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida, Adiblar xiyobonidagi buyuk siymo Erkin Vohidov haykali atrofida joriy yilning 26-may kuni Erkin Vohidov “Tirik sayyora” mavzusida “Adabiy-Ma’rifiy” tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar tomonidan Erkin Vohidov ijodiga mansub she’r, qasida aytildi.

Tadbirda universitetdan 40-nafar talaba yoshlar hamda fakultet professor-o‘qituvchilari va tyutorlari faol qatnashdilar. Tadbirda ishtirok etgan talabalar ma’naviy hordiq olish bilan bir qatorda buyuk siymoimiz to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishdi.