Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.Sirojjidinov nomidagi akademik litseyida dastlabki kirish imtihonlari o’tkazildi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.Sirojjidinov nomidagi akademik litseyida 14-iyul kuni 2022-2023-o'quv yili uchun dastlabki kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonlarini tashkil etishda O'zMU O'quv ishlari bo'yicha prorektori Shuhrat Toshmatov boshchiligidagi professor-o'qituvchilar yaqindan yordam berishdi. Ma’lumot uchun, dastlabki kirish imtihonlari 16-iyulgacha davom etadi.

OʻzMU Axborot xizmati