Moskva Davlat universiteti Dinamik geologiya kafedrasi professori O’zMUga tashrif buyurdi

O‘zbeksiton Milliy universitetiga 9-dekabr kuni Moskva Davlat universiteti Dinamik geologiya kafedrasi professori Veselovskiy Roman Vitalyevich tashrif buyurdi. Tashrif davomida Veselovskiy Roman Vitalyevich Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti 3 kurs talabalariga Geotektonika fanidan "Yerning tektonik xarakatlar natijasida vertikal va gorizantal xarakatlanishi, A.Vegenor tomonidan yaratilgan kontenintlar drevfi nazariyasi asosida materiklarning gorizantal xarakatlanishi yaʼni subduksiya-okeon plitasining kontenintal plita tagiga surilishi, sprideng okeon plitalarining kengayishi, kolleziya ikkita plitaning to‘qnashuvi" mavzusida mashg‘ulotlar olib boryapti. Talaba-yoshlar mavzu bo‘yicha kerakli maʼlumotlarga yega bo‘lishdi. Fakultetda bu kabi xorijiy hamkorlik ishlari uzviy davom yetmoqda.



Xalqaro aloqalar bo'limi