Mo’ynoqda-agrotexnik tadbirlarga start berildi

O’zbekiston Milliy universitetining Biologiya va Ekologiya fakultetlarining professor o’qituvchilari va tashabbuskor talaba yoshlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanida joylashgan o’quv ilmiy poligonlariga yetib kelishdi.
Joriy yilning mart oyida “ Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida ushbu o’quv poligonlarida 100 ga yaqin manzarali va shurxoqlikka hamda qurg’oqchilikka chidamli ko’chatlar ekilgan edi. Ushbu ko`chatlarni sug’orish hamda ularga ishlov berish ishlari boshlab yuborildi. Ayni damda o’quv ilmiy poligonlarni hayvonlardan himoya qilish maqsadida hudud to’liq simli to’siqlar bilan urab olinmoqda. Ekspeditsiya davomida shifobaxsh hamda farmaseftika sanonatida qo’llaniladigan “Lavanda” o’simligining 3 ming donadan ortiq kuchatlari ekilib tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy etilishi rejalashtirilgan.

O`zMU Axborot xizmati