NAVBATDAGI OROL-2022 EKSPEDITSIYA JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya va Ekologiya fakultetlarining professor-o'qituvchi, xodim va talaba-yoshlari tarkibidan iborat bo'lgan guruh "YASHIL MAKON" umummilliy loyihasi hamda IL-632204138, IL-632204172 va IL-63204000 raqamli ilmiy innovatsion loyihalar rejasiga muvofiq 3-noyabrdan 8-noyabrgacha Orolbo'yi va Orolning qurigan tubi hududlarida ilmiy sinov tadqiqotlarini olib borish rejalashtirilgan. Bunda Mo'ynoq tumanida joylashgan O'zbekiston Milliy universitetining 1-o'quv poligonida (1,0 gektar), Innovatsion rivojlanish vazirligining tajriba maydonida 0,12 gektar, universitning 2-oʻquv poligonida 0,13 gektar maydonida hamda Orolning qurigan tubi (0 tochka)da 0,13 gektar maydonda olib borilayotgan dala tajribalarida fenologik kuzatuvlar amalga oshirildi va keyingi sinov tadqiqotlar uchun manzarali, mevali daraxt ko'chatlari (2-o'quv poligonida) ekildi. Shuningdek, Orolning qurigan tubi (0 tochka)da IL-632204138 sonli loyihasi rejasiga asosan 1 gektar maydonda saksovul (1000 dan ortiq saksovul ko'chati) va sho'rga, qurg'oqchilikga chidamli bo'lgan 5 turdagi yem-hashak o'simliklari ustida innovatsion-sinov tadqiqotlari va IL-632204000 sonli loyihasi bo'yicha 1 gektar maydonda Yem hashak va gepergalofit o'simliklarni tuzga chidamli turlarini tanlash bo'yicha dala-sinov tadqiqotlar amalga oshirildi. Ilmiy ekspeditsiya jarayonlari davom etmoqda.




O`zMU Axborot xizmati