Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan rektor tabrigi

Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli ustozlar! Aziz talaba-yoshlar!
Avvalo, Sizlarni, sizning timsolingizda ko‘p millatli butun xalqimizni sharqona yangi yil – Navro‘z ayyomi bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, baxtu-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolaman.
Sharqona yangi yilning boshlanishi ona diyorimizga yangi shukuh, fayzu baraka olib keladi. Shuning uchun ham Navro‘zni orziqib kutamiz. Bu tabarruk bayramda barchamiz tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning qadr-qimmati va ahamiyatini yanada chuqurroq anglaymiz.
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaldagi ifodasi sifatida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan badiiy-musiqiy chiqishlar, sport musobaqalari va turli tanlovlardan iborat “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon yurtim” shiori ostidagi bayram sayllari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Navro‘zi olam azal-azaldan keng nishonlanib, insonlar o‘rtasida mehr-muruvvat, diyonat, adolat vainsoniylik tamoyilini targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Bu an’ana va qadriyatlarimiz zamirida ham ulkan hikmat va saboq yotadi. Zero, tarixi, qadriyatlari, urf-odatlariga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalangan yoshlar kamolot yo‘lida bardavom bo‘ladi. Eng muhimi, bugun axborot texnologiyalari taraqqiy topayotgan, media resurslar kengayib, rivojlanibborayotgan shiddatli davrda ota-bobolarimizningtarixiy an’analariga sodiq qolish, ularni hayotimiznin go‘zagiga aylantirish sharafli burchimizdir.
El-yurt xizmatida sadoqat, fidoyilik va halollik bilan mehnat qilayotgan Siz aziz ustozlarimiz, ilmdek sharafli yo‘ldan dadil odimlayotgan navqiron farzandlarimizni yana bir karra bayram bilan tabriklab, kattadan-katta muvaffaqiyat va zafarlar, kuch-quvvattilayman! Ilm-fan yo‘lidagi izlanishlaringiz manfaatliva samarali bo‘lsin!
Bahor faslining go‘zallik, yasharish va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam barchamizga muborakbo‘lsin. Sharqona yangi yil sizga, oila a’zolaringizgava xonadoningizga baxt, quvonch, sog‘lik-salomatlik, qut-baraka olib kelsin!
Barchamizga ayyom qutlug‘ bo‘lsin!
Inom Madjidov,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori