Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Navro’z– yangilanish va ezgulik, qadr qimmat ayyomi

“Tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyida 2022-yil 31-mart kuni Navro’z bayrami tadbiri qizg’in ruhda bo’lib o’tdi. Darstlab O’zbekiston Respublikasi madhiyasi kuylandi. Tadbirga O’zbekiston Milliy universiteti rektori I.U.Madjidov, O’zbekiston Milliy universiteti prorektori, Litsey direktori Sh.O.Toshmatov tashrif buyurdi. Mehmonlar barcha tadbir ishtirokchilari – o’qituvchi va o’quvchilarni Navro’z ayyomi-yosharish va yangilanish bayrami bilan chin dildan qutladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-№4910 qaroriga binoan, davlat budjetidan akademik litseyning 10 nafar o’quvchilariga “Akademik litsey iftixori” hamda O’zbekiston Milliy universiteti budjetidan 15 nafar iqtidorli o’quvchilarga bir martalik “O’zMU faxri” stipendiyasi ajratilgan. Ushbu stipendiyalar O’zbekiston Milliy universiteti rektori I.U.Madjidov tomonidan barcha o’quvchilarga tantanali ruhda taqdim etildi.
Mehmonlar barcha tadbir ishtirokchilari – o’qituvchi va o’quvchilarni Navro’z ayyomi-yosharish va yangilanish bayrami bilan chin dildan qutladi. Shundan so’ng akademik litsey ijrochi direktori B.U.Shergaziyev barcha yig’ilganlarni bayram bilan qutladi.
Tadbirda yurtimizning har bir hududi milliy libosi, urf-odatlari hamda taomlari guruhlar tomonidan aks ettirildi. Shundan so’ng hakamlar hay’ati a’zolari akademik litsey ijrochi direktori B.U.Shergaziyev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari G.Yuldasheva, oquv ishlar buyicha director orinbosari M.I.Qodirova, “Tillar” kafedrasi mudiri G.Sadullayeva, xorijiy tillar kafedrasi mudiri Kuzmina M, matematika fani o’qituvchisi M.Po’latova, biologiya fani o’qituvchisi M.Aslanova, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri M.Tursunovalar O’zMU rektori hamda akademik litsey direktori boshchiligida akademik litseyning barcha guruhlari tomonidan tashkil etilgan bayram dasturxoni, milliy liboslar hamda urf-odatlarni baholash uchun tadbir bo’ylab sayohat qilishdi. Tadbirda barcha guruh o’quvchilari tomonidan tayyorlangan dasturlar bayram shukuhini ko’tarinki kayfiyatda o’tishini ta’minladi. Akademik litseyning 202, 208,104-guruhlari faol ishtirok etishdi. O’quvchilar ijrosida kuy-qo’shiqlar, raqslar hamda sahna ko’rinishlari tashkil etildi.