Nobel Festivali rahbari bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun 1-iyun kuni Inklyuziv rivojlanish fondi direktori va Nobel Festivali rahbari Maksad Kurbenov bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Nobel Festivali rahbari Maksad Kurbenov festival haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga, OʻzMU da Nobel Festivali oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot uchun: Nobel Festivali har yili 2 marotaba tashkil etiladigan tadbir boʻlib, unda 15 dan ortiq Nobel mukofoti laureatlari va yana shuncha yetuk olimlar ishtirok etadi. Ushbu festival doirasida Nobel ma’ruzalari haftaligi tashkil etiladi va Nobel laureatlari talabalarga ma’ruzalari o‘qishadi.



Xalqaro aloqalar bo'limi