Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Oʻzbek-Qozon qoʻshma taʼlim dasturi ilk qaldirg’ochlari bitirish arafasida

Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek -Qozon qoʻshma taʼlim dasturi dekani Farhod Babashev, OʻzMU va Qozon Federal universiteti proffesor oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirokida onlayn vebinar tashkil etildi. Mazkur vebinarda 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoya qilish tartibi, shu jumladan, bitiruv oldi imtihonlarni topshirish xususida taklif va tavsiyalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Oʻzbek-Qozon universiteti qoʻshma taʼlim dasturi 2018-yil tashkil etilgan. Bugungi kunda 42 nafar talaba ushbu qoʻshma taʼlim dasturini bitirish arafasida.

O’zMU Axborot xizmati