Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan Forish tumanida Jizzax va Sirdaryo viloyati turizm sohasi mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi

Tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda turizm mutaxassislari uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning ilg‘or usullarini tatbiq qilish maqsadida 2023-yil 18-noyabr kuni Jizzax viloyati Forish tumanida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Jizzax va Sirdaryo viloyati soha mutaxassislari uchun “Forish-Arnasoy-Zomin turizm halqasi: Mehmonxona servisi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda universitet prorektori R.Musurmanov, bo‘lim boshlig‘i H.Boymatov, professor-o‘qituvchilar A.Bababekov, A.Tulyayev, I.Murtozoyev, Sh.Fayziyeva, A.Mamadiyorov hamda Jizzax viloyati Forish, Zomin, Arnasoy va Sirdaryo viloyati Xovos tumanlarining turizm sohasi mutasaddi rahbar-xodimlari, turfirma rahbarlari, mehmonxona vakillari onlayn ZOOM platformasida ishtirok etishdi.