Oʻzbekiston Milliy universiteti va Puchon universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi


Bugun, 25-may kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Han Chyung Such boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda O'zbekiston Milliy universiteti va Puchon universiteti (keyingi o'rinlarda "Tomonlar" deb yuritiladi) o'rtasida do'stona, madaniy va ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, ikki universitet o'rtasidagi o'zaro fikr va ma'lumotlar almashish hamda hamkorlikni rag'batlantirish maqsadida aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha o'zaro kelishib olindi. Mazkur uchrashuvda ta'lim dasturlari orqali axborot va tajriba almashish va ularni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilish, professor-o'qituvchilar va boshqaruv xodimlarining qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish, akademik almashinuv dasturlari (bakalavr va magistrlar), ilmiy izlanishlar sohasida hamkorlik, ilmiy axborot va materiallar, jumladan, kitoblar va davriy nashrlar bilan almashish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida ikki universitet oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.


OʻzMU Axborot xizmati