Oʻzbekiston Milliy universitetiga Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti rektorining tashrifi

“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti rektori Nikinova Janna Viktorovna boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida rektor Nikinova Janna Viktorovna universitet tarixiga qisqacha to‘xtalib, hozirgi kunda universitetda nafaqat til balki xalqaro jurnalistika, tashqi iqtisodiy faoliyat kabi sohalarda ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligini bildirb o‘tdi. Bundan tashqari, dunyoda yangi sohalardan biri bo‘lgan IT lingvistika ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayorlash rejalashtirilayotganligini ta’kidladi. Shu o‘rinda, mazkur yo‘nalishda qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish manfaatli taklif hisoblanishini ham bildirdi. O‘z navbatida OʻzMU rektori Inom Madjidov ushbu taklif universitet uchun qiziqarli ekanligini, qolaversa, universitetda axborot texnologiyalari va filologiya yo‘nalishlarining mavjudligi bunga zamin yaratishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, lingvistik xavfsizlik, tarjimashunoslik, xalqaro jurnalistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.


OʻzMU Axborot xizmati