Oʻzbekiston Milliy universitetiga Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Mamlakatimizning iqtisodiy va investitsiyaviy hayotida ro‘y berayotgan eng muhim voqea – “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti rektori Zagayneva Yelena Vadimovna boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida rektor Zagayneva Yelena Vadimovna Nijniy Novgorod davlat universitetida mavjud ta’lim yo‘nalishlari xususida to‘xtalib o‘tdi. Istiqbolda O‘zMU bilan xalqaro huquq, kriminalistika, molekulyar anatomiya, biologiya, materialshunoslik kabi qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun qolaversa, mamlakatlarimiz uchun ham manfaatli bo‘lishiga alohida urg‘u berdi. Shu bilan birga, hamkorlikni yuqorida ta’kidlangan yo‘nalishlarda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikdagi ilmiy maslahatchilar tayinlashdan boshlash maqsadga muvofiqligi ikkala tomondan ham ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv yakunida bildirilgan fikr va takliflar bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzib olishga kelishib olindi.


OʻzMU Axborot xizmati