15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021

«Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida Xorijiy filologiya fakulteti iqtidorli talabalari Sa‘dullayeva Sevinch, Nishonova Dilyora, Rahmonqulova Mushtariybegim, Fayziqulova Gulzoda va Umrboev Sanjarbekning o'zlarining forum va xalqaro konferensiyalarda orttirgan tajribalarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdilar. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan forumlarda yanada faollik bilan ishtirok etishlarida yuksak mahorat va tashabbuskor ilm tilaymiz. Talabalarimizning zafarli odimlari bardavom bo‘lsin!
Forum doirasida Umrboev Sanjarbekning ishtiroki diqqatga sazovor. Sababi, o‘z dunyoqarashiga ega va chet tilida mukammal so'zlasha oladi. Sanjarbekni forumlar lideri bo'lishiga ishonch bildiramiz. Tillar ellarni ezgu maqsadlarga bog'laydi, degan shioringiz sizga dasturulamal bo‘lsin!

O’zMU Axorot xizmati