Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU Axborot xizmatida Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari amaliyot o’tamoqda

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti hamkorligida OʻzMU Axborot xizmatiga Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialining “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishi 1-, 2-bosqich talabalari kasbiy-ijodiy amaliyot oʻtash maqsadida tashrif buyurdi.

Amaliyotning dastlabki kuni talabalar uchun universitet boʻylab ekskursiya tashkil etildi, xususan, OʻzMU Axborot xizmatining faoliyati, Jurnalistika fakulteti, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti muzeyi hamda universitetning Axborot resurs markazi bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Ushbu press-tur natijasida, talabalar universitet haqida batafsil ma’lumotga ega boʻldilar.

O’zMU Axborot xizmati