Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMUda Kuzatuv Kengashining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorat binosi Majlislar zalida Oʻzbekiston Milliy universiteti Kuzatuv Kengashining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi. Bugungi kunda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversiteti faoliyatini yaxshilash, taʼlim tizimidagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni yanada oshirish hamda jahon minbarida uning reytingini yanada mustahkamlash yuzasidan bir qancha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilmoqda. Xususan, tashkil etilgan Kengash yigʻilishining navbatdagi soni ayni shu masalalarni hal qilish yuzasidan yoʻl xaritalarini ishlab chiqarishga qaratildi.


Tadbir doirasida Kuzatuv kengashi raisi O.Hakimov, Kengash kotibi R.Musurmonov universitet rektori Inom Madjidov, shu jumladan, universitet soha prorektorlari va boshqa Kengash aʼzolari faol ishtirok etdi.
Mazkur yigʻilishda kun tartibida belgilangan quyidagi muhim masalalar koʻrib chiqildi. Xususan :
universitet Kuzatuv Kengashining ichki Qoʻmitalar tarkibini tasdiqlash; 2022-yil uchun Biznes-rejasini tasdiqlash; universitet nufuzini oshirish va xalqaro reytinglarda kiritish chora-tadbirlarini tasdiqlash;
professor-o’qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarni moddiy rag’batlantirish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash;
Shu jumladan, universitet taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qoʻsh malakalar, shuningdek, amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish singari masalalar koʻrib chiqildi.
Tadbir yakunida Kengash aʼzolari kun davomida koʻtarilgan masalalar yuzasidan muhokamalar oʻtkazilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

O`zMU Axborot xizmati