OʻzMU delegatsiyasining Turkiyaning Anqara universitetiga safari davom etmoqda


Bugungi kunda Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingdagi nufuzini oshirish, ilm-fan tarmogʻining barcha jabhalarida xorij universitetlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’kidlash joizki, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti TOP(1000) Oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiruvchi Turkiyaning Anqara universiteti bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qoʻshma ta’lim dasturlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan memorandum imzolagan edi. Kuni kecha OʻzMUning professor- oʻqituvchilaridan iborat delegatsiyasi talimda tajriba almashish va hamkorlik maqsadida Anqara universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning ikkinchi kuni delegatsiya Anqara universiteti xalqaro munosabatlar boʻyicha prorektor huzurida boʻldi. Oʻzaro muloqot jarayonida jurnalistka fakultetlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchilarning tajriba almashish tizimini yaxshilash, magistratura bosqichi talabalarining ikki tomonlama diplomga ega boʻlishi yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. Mazkur uchrashuv yakunida Anqara universiteti rektori professor, Doktor Nejdet Unuvar oʻzbekistonlik delegatsiya vakillari bilan koʻrishdi va OʻzMU delegatsiyasi tashrifidan mamnunligini bildirdi.
OʻzMU Axborot xizmati uchun maxsus Anqaradan. 2022 y