Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O `zMU huzuridagi malaka oshirish Markazida ofitser xodimlar psixologiya yo`nalishi bo`yicha tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi

Bugungi kunda har bir Ichki ishlar organlari xodimlaridan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz" shiori ostida oʻz xizmat vazifasini olib borish, tizimda yosh xodimlarni shu bilan bir qatorda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan, ozodlikdan maxrum qilingan shaxslarni (maxkumlarni) ozodlikka tayyorlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishda psixologik xizmat katta ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muassasalarida psixologik tayyorgarlik masalasini yanada oshirish, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirtish maqsadida 

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda universitet huzuridagi malaka oshirish Markazida jazoni ijro etish tizimidan ofitser xodimlarni psixologiya yoʻnalishida malaka oshirish kurslarini muntazam tashkil etilishi yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, bir guruh ofitser xodimlar psixologiya mutaxassisligi boʻyicha Markazda malaka oshirdilar. Malaka oshirish jarayoniga Oʻzbekiston Milliy universitetining yetuk va taniqli psixolog-olimlari jalb etilib, tinglovchilarning bilim saviyasi, tayyorgarlik darajasini aniqlab, ularga эhtiyojdan kelib chiqib zarur va muhim fanlardan darslar oʻtildi. Tinglovchi ofitserlarning fikriga koʻra, bir oy davomida ular koʻp yangi bilim va ma’lumotlar bilan tanishib, oʻzlarining bilim, koʻnikma va malakalarini sayqallashga erishdilar. Oʻz navbatida, universitet professor-oʻqituvchilaring fikricha, bunday hamkorlik juda oʻrinli boʻlib, zamon talablari asosida tashkil etilgani katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun, 7-dekabr kuni ushbu kurs tinglovchilari yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtib, ularga tantanali ravishda malaka oshirilganliklari toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi.

O‘zMU Axborot xizmati