Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

Bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan sotsiologiya fanlari doktori, professor Maʼrifat Ganiyeva tavalludining 75 yilligi bagʻishlangan "Shaxsni rivojlantirishda inklyuzivlikni taʼminlash masalalari: dolzarb tadqiqotlar va forsayt loyihalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Ushbu anjumanni tashkil qilishdan maqsad hozirgi kunda mamlakatimizda barcha qatlam guruhlari, ularning iqtisodiy, ijtimoiy, tarbiyaviy salohiyatini amalga oshirishlari uchun qulay sharoit yaratish hamda aholining zaif qatlami bilan amaliy ijtimoiy ish olib borishda ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur anjumanda RBIMM, SOS, Bolalar Mahallalari uyushmasi, UNICEF, UNODIC, Germaniyaning Tojikistondagi Karitas vakillari, Tojikiston davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Guliston davlat universitetidan professor-oʻqituvchilari hamda doktarantlar, magistrlar shuningdek, ushbu sohaga qiziqish bildirgan tashakkor talabalar faol ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida bugungi kunda aholining zaif qatlamini savodli qilish masalasi alohida toʻxtalib, mavjud muammolarni bartaraf qilish xususida taklif va tavsiyalar maʼruzachilar tomonidan muhokama qilindi. Xususan, xalqaro maydonda mazkur sohada olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda ularni milliy tajribaga moslashtirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.
Anjuman yakunida maʼruzachilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar umumlashtirilib hamkor tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro istiqbolli rejalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, mazkur anjuman Innovatsiyon rivojlantirish vazirligining A-OT-2021-64 yaʼni " Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun mobil ilova yaratish" loyihasi doirasida amalga oshirildi.

O`zMU Axborot xizmati