Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Jurnalistika fakultetida “Inson huquqlari” haftaligiga start berildi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy unveristeti Jurnalistika fakultetida "Inson huquqlari" haftaligi doirasida seminar-trening bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-46-sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan seminar davomida "Inson huquqlari", "Strategiyani amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi", "Ayollarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro huquqiy normalar", "Ayollarga berilgan ayrim imtiyozlar", "Inson huquqlarini milliy darajada himoya qilish" kabi mavzularda davra suhbati olib borildi.

Seminar-trening maxsus tuzilgan dastur asosida Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi" kafedrasi professor-o'qituvchilari Enaxon Nishanbayeva va Asilbek Fayzullayev tomonidan tashkil etildi. Unda Jurnalistika fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Saidov Abdunur va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Ravshan Omonov ham ishtirok etdi.

“Inson huquqlari” haftaligi doirasidagi davra suhbatlari barcha fakultetlarda davom etadi.


O‘zMU Axborot xizmati