Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU professori «Nizomiy Ganjaviy» oltin medali bilan taqdirlandi

2022-yil 25-29 may kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida Turkiyaning xalqaro turk madaniyati tashkiloti Turksoy, Baku davlat universiteti va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turkiy dunyoda nashr etilgan zamonaviy adabiyotlarni ommalashtirish, buyuk mutafakkirlar asarlarini tarjimalarining taqdimotiga bag‘ishlangan "Turkiy xalqlar adabiyoti va kitoblarining 1-festivali" o‘tkazildi. Ushbu festivalda O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori professor Nigina Shermuxamedova turkum "Falsafiy darsliklari" bilan ishtirok etdi va uning darsliklari eng yaxshi darslik sifatida baholanib, Ozarbayjonning "Ashiq Elesker" medali va faxriy yorlig‘i, shuningdek, turkiy xalqlar fani, madaniyati, ta’limini targ‘ib etishdagi doimiy ishtiroki uchun Turkiyaning Turksoy xalqaro turk madaniyati tashkilotining "Nizomiy Ganjaviy" oltin medali va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

OʻzMU Axborot xizmati