OʻzMU professori Qozon shahrida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2022 yil 5-8 dekabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida Milliy madaniy meros va tabiiy boyliklarni asrash va saqlash bo‘yicha YUNESKO konvensiyasining qabul qilinganining 50 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro konferensiyada dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan mingdan ortiq mehmonlar, jumladan O’zbekistondan ham jami 4 ta turli soha mutaxassislari ishtirok etdi. O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri, f.f.d., professor Nigina Shermuxamedova “Yangi O’zbekistonda milliy madaniy qadriyatlarni asrashning asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.




O`zMU Axborot xizmati