Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU professorlari Eron Islom Respublikasida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyada ishtirok etdi

 Eronning Qum shahridagi Jomatul al Mustafo universiteti, Xamadon shahridagi Ibn Sino universiteti, Tehronning Tehron universiteti bilan hamkorlikda “Ibn Sino antropologiyasi va falsafiy qarashlari” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada  O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor N.Shermuhamedova va professor v.b., falsafa fanlari doktori N.Abdullayeva, professor v.b., falsafa fanlari doktori N.Nishonova, kafedra o‘qituvchisi D.Kamilovlar ishtirok etdi. Konferensiyada Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Afg‘onistondan tashrif buyurgan faylasuf olimlar tomonidan Ibn Sino falsafiy merosiga oid ma’ruzalar qilindi. Eron Islom Respublikasiga tashrif davomida O’zbekiston Milliy universiteti professor-o’qituvchilari Ibn Sino ilmiy tadqiqot markazi, Mullo Imom Muhammadiy shaxsiy kutubxonasi, Tehron universiteti, Ibn Sino universiteti, Jomatul al Mustafo universiteti, Ibn Sino maqbaralariga tashrif buyurishdi. Tehron universiteti, Ibn Sino universiteti, Jomatul al Mustafo universitetlarida talabalar bilan davra suhbati o’tkazildi, shuningdek, universitetlarning o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Hamadon shahar hokimligida shahar hokimi hamda Eron oliy ta’lim vaziri Muhammad Ali Zulfigul va Alirizo Qosimi Farzad bilan uchrashuv tashkil etildi.