Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU rektori boshchiligidagi delegatsiya Tomsk davlat universitetiga tashrif buyurdi

O‘zMU rektori Inom Madjidov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ilm va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zMU professor-o‘qituvchilarini malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bo‘yicha kelishuvlar olib borish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda xorijiy hamkorlar ta‘lim va ilmiy sohalarida bo‘lgan ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishish va universitet o‘quv va ilmiy jarayoniga tadbiq etish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot Tomsk davlat universitetida (TDU) bo‘lib turmoqda.


TDU vakillari tomonidan O‘zMU delegatsiyasi uchun “Universitet transformatsiyasi: TDU tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda TDU vakillari universitet rivojida amalga oshirilgan loyiha-tahliliy ishlar xususidagi hamda TDUning xalqaro reytinglarda yuqori ko‘rsatgichlarni erishishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

OʻzMU Axborot xizmati