Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU rektori dala amaliyoti poligonida

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetning Bo‘stonliq va Parkent tumanlaridagi dala amaliyoti poligonlariga tashrif buyurdi. Mazkur poligonlarda universitetning tabiiy fanlar: Biologiya, Ekologiya, Gidrometeorologiya, Geologiya va Geografiya fakultetlari talabalariga dala amaliyoti mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Rektor boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poligonlarda dala amaliyoti mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun mavjud shart-sharoitlar o‘rganib chiqildi.
Amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy ishlarni qisqa muddatlarda amalga oshirish choralari ko‘rildi.

O’zMU Axborot xizmati