OʻzMU rektori «Markaziy Osiyo mamlakatlari rektorlarining forumi»da ishtrok etdi




Bugun Qozogʻiston Respublikasi Almata shaxrida joylashgan Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida "Markaziy Osiyo mamlakatlari rektorlarining forumi" boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov ham ishtirok etdi.
Forum doirasida belgilangan sessiyalarida Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalarini raqobatdoshligini oshirish imkoniyatlari va istiqbollari, Baloniya taʼlim tizimining sifatli kadrlar tayyorlashga taʼsiri, taʼlim va ilmiy xalqarolashtirishning zamonaviy vektorlari kabi bir qator dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglandi. Xususan, ushbu tadbirda Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligining birinchi oʻrinbosari K.Karimov boshchiligidagi OTM rektorlar delegatsiyasidan iborat jamoa ishtirok etdi. Tadbir jarayonida kelguvsida taʼlim sohasining yanada rivojlantirish hamda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash xususida kelishuvlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Forum yakunida Oʻzbekiston Milliy unversiteti va Qozogʻistonning Turon universitetlari orasida kadrlar almashish va ularni tayyorlash masalasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O`zMU Axborot xizmati