Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻZMU TALABALARI “AFG’ONISTON:XAVFSIZLIK VA IQTISODIY RIVOJLANISH” TOSHKENT XALQARO KONFERENSIYASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti iqtidorli talabalari  2022-yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o'tgan Afg'oniston:"Xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish" Toshkent xalqaro konferensiyasida mamlakatimizning nufuzli oliy ta‘lim muassasalarining talaba-yoshlari safida tarjimon-volontyor sifatida faol ishtirok etdilar. Yurtimizda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro forum va konferensiyalar iqtidorli yoshlarimizning chet tillarini yanada mukammal o‘rganib borishlarida amaliy ko'nikma va tajriba orttirishlarida  o‘ziga xos o‘rin tutayotganligi alohida ahamiyatga molik. O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarining xalqaro tadbirlardagi ishtiroklari bardavom bo‘lsin.

O’zMU Axborot xizmati