Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O'zMU talabalari o'quv dala amaliyoti bazasida ikki  haftalik amaliyotni o’tadilar

OʻzMU Gidrometeorologiya fakultetining Gidrologiya, Gidrometeorologiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘quv dala amaliyoti bazasida ikki  haftalik amaliyotni o’tadilar. Amaliyotning dastlabki kunida talaba-yoshlar texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi va kun tartibi bilan tanishdilar. Kunning ikkinchi yarimida guruh kichik otryadlarga bo‘lindi va ularga tegishli mutaxassislar tomonidan amaliyot davomida bajariladigan ishlar haqida zarur tushunchalar berildi.

Ikkinchi kunida yangi tashkil etilgan gidrologik post uchun balandlik belgisi “0” kuzatish va “0” grafik tekisliklarni aniqlash uchun kuzatish belgisidan daryo bo‘yigacha bo‘lgan masofa hamda nisbiy balandlik nivelorvka yordamida aniqlandi. Soʻng bajarilgan ishlar tahlil etildi va nivelrovka jadvali qayta ishlandi.

Uchinchi kuni, talabalar Kerg‘alisoyda gidrometrik shtanga va reyka bilan chuqurlik o‘lchash ishlarni amalga oshirdi. Kunning ikkinchi yarimida soyning jonli kesma maydoni chuqurlik o‘lchash ma’lumotlarini hisob-kitob ishlarini bajarish orqali aniqlandi.

To‘rtinchi kuni kanalda suvning tezligini qalqima va gidrometrik 

GR-21 vertushka yordamida o‘lchandi. O‘lchash natijalari vertushka tarirovkasi jadvali asosida qayta ishlandi. Har ikkala usulda aniqlangan tezliklar bir-biri bilan taqqoslandi.

Beshinchi kuni, Ugom daryosidagi “Xojikent” gidrologik postida suv sathi, suvning tezligi va suv sarfi ma’lumotlari kuzatuvchining hamrohligida amalga oshirildi. O‘lchash ma’lumotlari KG-3 kitobiga ko‘chrilidi va suv sarfi, jonli kesma maydoni aniqlandi.

Oltinchi kuni, Xojikent stansiyasiga borib, besh oylik ma’lumotlar olinib, gidrometeorologik elemetlarning kompleks tebranish grafigi chizildi.    Grafik asosida kuzatishlarni to‘g‘ri olib borilishini tekshirib ko‘rildi.

Hafta oxirida, O‘zMU inspektori talaba-yoshlarga dala amaliyot bazasida tartib-intizom bo‘ysunish, turli xil yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, texnika va hayot faoliyat xavfsizligi qoidalariga amal qilish masalalari bo‘yicha zarur ko‘nikmalar bilan tanishtirdi.

Hafta oxrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘zaro kichik musobaqa ham tashkil qilindi.

Yangi haftaning dastlabki uch kunida Xojikent gidrlogik post va stansiyasida stasionar va operativ kuzatish ishlari bilan tanishdi va bevosita talabalarning o‘zlari bu ishlarni bajardi. Ikkinchi haftaning oxirida amaliyot davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi.

O’zMU Axborot xizmati