Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O`talabalari O`zbek-Koreya biznes xalqaro forumda tarjimon-volontyor sifatida faol ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, 3-7-iyul kunlari yurtimizda O‘zbek-Koreya biznes forumi bo'lib o'tmoqda. Xalqaro forumda tarjimon-volontyor sifatida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti iqtidorli talabalari faol ishtirok etmoqda.

Nufuzli forumda talabalarimiz o'zlarining ilmiy va ijodiy tajribalariga tayangan holda yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shib, davlatlararo iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yuqori pog‘onalarga ko'tarilishida amaliy natijalar ko‘rsatmoqdalar. Iqtidorli yoshlarimizning xalqaro miqyosda o'tkaziladigan nufuzli tadbirlardagi faoliyatlari bardavom bo‘lsin.

OʻzMU Axborot xizmati